️Bugun, 30-mart kuni “Uzbekistan Airports" AJ tasarrufidagi "Urganch xalqaro aeroporti MCHJ da Yoshlarga oid davlat siyosatini ijrosini taʼminlash maqsadida “Yoshlar – kelajak poydevori” shiori ostida Ochiq eshiklar kuni – tanishtiruv saboqlari tashkil etildi.
Mazkur amaliy tadbirda Xorazm viloyati Xonqa tumanida joylashgan 10-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi 4-sinf o'quvchilari aeroport faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.Ular bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar, qulayliklar va imkoniyatlar toʼgʼrisida maʼlumotga ega boʼlishdi. Aeroport hududida joylashgan samolyot va vertalyotlarni tomosha qilgan bolajonlar katta taassurotlarga ega bo'lishdi.
Urganch xalqaro aeroporti matbuot xizmati