25°















"Urganch xalqaro aeroporti" MCHJ ishchi-xodimlari  oʼrtasida ommaviy sportni rivojlantirish va sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish maqsadida, aeroport kasaba uyushmasi tomonidan futbol musobaqalari tashkil etildi.

️Musobaqa karantin talablariga, texnika-xavfsizlik qoidalariga rioya qilingan holda, tibbiyot xizmati xodimlari kuzatuvida oʼtkazildi.

O'yinlar shiddatli kechdi, barcha jamoalar o'zlarini epchilliklarini ko'rsatishdi va gʼoliblar aniqlandi.

Futbol musobaqasi so'ngida sovrinli oʼrinlar quyidagicha taqsimlandi:

1-oʼrin: Parvozlarni qidirish va avariyadan qutqarish ta'minoti bo'limi;
2-oʼrin: Ichki obyekt tartibi va ruxsat berish nazorati otryadi;
3-oʼrin: Axborot texnologiyalari guruhi va aerovokzal majmuasi nazorati guruhi;
Musobaqa g'oliblariga aeroport ma'muriyati va kasaba uyushmasi tomonidan diplom va sovgʼalar topshirildi.

Urganch xalqaro aeroporti matbuot xizmati
бесплатно модули и шаблоны для dle