25°



Oʼzbekiston Respublikasi Transport prokurori vazifasini bajaruvchisi Marufxon Xodjaev joriy yil 3-aprel kuni Xorazm viloyatiga amalga oshirgan safari davomida “Urganch xalqaro aeroporti” MCHJning ish faoliyati bilan yaqindan tanishib, aeroportda ishlovchi 86 nafar xodim bilan aerovokzal hududida xavfsiz va namunali aeroport mavzusida uchrashuv oʼtkazdi.



Tadbirda MCHJ faoliyatida vujudga kelayotgan muammolar va ishchilar tomonidan bildirilgan takliflar tinglanib, muammolarning bir qismi aeroport rahbariyati bilan birgalikda joyida qonuniy hal etilishi taʼminlandi.





Shuningdek, uchrashuv qatnashchilarining takliflari boʼyicha, ushbu aeroportni kelgusida respublika boʼyicha xavfsiz va namunali aeroport qilish maqsadida masʼullarga tegishli topshiriq va koʼrsatmalar berib oʼtildi.



Shu bilan birga, ishtirokchilar tomonidan aeroportning kelgusida yanada rivojlantirish hamda chet el tajribasini tadbiq qilish maqsadida yosh mutaxassislarni rivojlangan davlatlar aeroportlariga malaka oshirishga yuborish hamda “Urganch xalqaro aeroporti” hududida mehmonxona barpo etib, yoʼlovchilarni kutib olish va kuzatish joylarini ham tashkil qilish takliflari bildirildi.


Urganch xalqaro aeroporti matbuot xizmati
бесплатно модули и шаблоны для dle