25°


1.“ICHAN QAL`A” TARIXIY MAJMUASI 

Rivoyat qilishlariga ko’ra Xiva shahriga Nux payg’ambarning o’g’li Som asos solgan. Shahar karvon yo’lida joylashganligi uchun u еrda savdogarlar tеz-tеz bo’lishib turishardi. Shaharga tushib, uning chuqur quduqidan chiqayotgan obi hayotdan bahra olgan yo’lovchilar hayratdan “xеy-voh” dеb yuborishgan. Buni o’zlaricha talqin qilgan mahalliy axoli shaharni “Xеy-voh”, “Xayva”, “Xivaq” dеb aytib boshlashgan.O’zbеkiston Fanlar akadеmiyasi tomonidan 1984-1993 yillarda Xiva shahrida o’tkazilgan arxеologik qazishmalar natijasi shuni ko’rsatadiki, “Ichan Qal'a” xududi eramizdan avvalgi V asrda paydo bo’lgan.

 


2. “QALAJIQ QAL`A” YODGORLIKLARI

Bog‘ot tumanida joylashgan Qalajiq qal’asining bir qismigina saqlanib qolgan. Obidaning sharqiy devori daryo toshqinlari va boshqa ta’sirlar natijasida buzilib ketgan. Kunchiqar tomonga qarab qurilgan, amfiteatrni eslatuvchi inshootning ichki qismi sho‘rxok va qum bilan qoplangan, o‘rtasida esa kichik hovuz mavjud.
Ushbu tarixiy yodgorlik cho‘l bag‘rida joylashganiga qaramay, iqlimi mo‘tadil, havosi musaffo. Ayniqsa, erta tongda, quyosh endigina bosh ko‘tarayotgan paytda bu yerning havosidan to‘yib nafas olgan kishi o‘zini tetik his etadi

 


3. “NURULLABOY” SAROYI

Qadim tarixdan ma'lumki, Xonlar, Amirlar domio qo'l ostilarida eng mahoratli usta hunarmandlarni faoliyat ko'rsatishini istaganlar va go'zal, mahobatli imoratlar, saroylar, minora-yu masjidlar qurdirganlar. Bu yer Asfandiyorxonning sobiq rasmiy qabulxonasi bo`lgan. Bu saroyni Xiva xoni Muhammad Rahimxon II Feruz oʻgʻli Asfandiyorxon uchun qurdirgan. (Nurullaboy degan shaxsning bogʻi oʻrniga qurilgani uchun Nurullaboy saroyi deb ataladi).




4.  URGANCH SHAHRIDAGI “AL-XORAZMIY” KO`CHASI

Ushbu ko`chada turli xildagi joylashtirish vositalari va ovqatlanish o`rinlari mavjud. Bu hudud haqiqatdan ham shaharsozlik qurilishing eng mukammal va zamonaviy ko`rinishlarini o`z ichiga olgan. Ushbu ko`chaning bir tomoni Urganch xalqaro aeroporti bilan tutashsa, ikkinchi tomoni Urganch temiryo`l vokzaliga eltadi. 
Bundan tashqari ko`chada yo`l ko`rsatkichlar, chet davlatlaridan keltirilgan noyob daraxt va gullar, shuningdek, bir-birini takrorlamas inshoatlar, kutubxonalar, zamonaviy go`zallik salonlari, tibbiy klinikalar, butik va do`konlar mavjud. Ayniqsa, ushbu ko`chaning tungi ko`rinishi insonni o`ziga mahliyo qiladi. Turli uslubdagi chiroqlar uyg`unligi nafaqat ko`chalarda balki, binolarda ham ko`rishingiz mumkin. 
Ushbu ko`chada joylashgan "Al-Xorazmiy" meʼmoriy majmuasi, "Al-Beruniy" meʼmoriy majmuasi, Jaloliddin Manguberdi haykali, Al-Xorazmiy haykali, viloyat musiqali drama teatri, "Avesto" majmuasi va boshqa tarixiy va madaniy binolar obyektlari tunda o`zgacha tusga kiradi. Xullas, qancha e`tirof etsak shuncha ozdek go`yo. Ming marta eshitgandan bir marta sayohat qiling deymiz!




5.“OGAHIY UY-MUZEYI”

Qadimiy Xivaga borsangiz, Ichan qalʼadan taxminan besh-olti chaqirim nari Qiyot qishlogʻiga yoʻlingiz tushsa, albatta, kirib oʻting, soʻlim bir maskan bor. Qishloqning bahavoligi, goʻzal manzarasi oʻziga xos. Ayniqsa, bu elning odamlari juda shirinsuxan, soʻzamol. Mehmonni obdon siylashadi. Soʻng ulugʻ oʻzbek shoiri Muhammadrizo Ogahiyning koshonasiga yetaklashadi



6. “ULLI HOVLI” MAJMUASI

Xorazm viloyatidagi qadim maskanlardan biri – “Ulli hovli” yodgorlik majmuasi Urganch tumanida joylashgan. XVII asrga oid ushbu majmuada Xiva xonligi davridagi qadimiy hovlilar, turli osori-atiqalar, ularni o‘rab turgan qo‘rg‘on saqlanib qolgan.
O`n yettinchi asrda qurilgan majmuada qadimiy hovlilar, turkman madaniyatiga oid osori-atiqalar, ularni o`rab turgan qo`rg`on saqlanib qolgan.




7.  “SULAYMON QAL`A” YODGORLIKLARI 
Hazorasp qal’asining qurilishi haqida bir qator afsona va rivoyatlar mavjud. Xususan, qal’aning dastlabki davrdagi tarixi yaxudiylarning to’rtinchi podshosi – Solomon (Sulaymon) nomi bilan bog’lanadi. Tarixiy manbalarga qaraganda Solomon podsho David (Dovud) ning o’g’li bo’lib, mil. old. 1015–975 yillarda, ya’ni 40 yil taxtda o’tirgan.
 
Xorazm vohasi hayotida juda katta rol` o’ynagan Hazorasp qal’asi bir vaqtlar katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy markaz bo’lgan. Qal’aning qachon barpo etilganligi haqida aniq yozma ma’lumotlar saqlanib qolmagan. Hattoki, qadimshunos olimlarimizning ko’p yillik arxeologik tadqiqotlari ham birorta aniq xulosa chiqarishga asos bo’la oladigan dalilni bermadi. Shunga qaramasdan, zardushtiylik dinining dastlabki muqaddas olovi — “Aturaspend” yoqilgan qal’aning taxminiy yoshi — 3000 yilga yaqin degan fikrlar ilgari suriladi.


URGANCH XALQARO AEROPORTI MATBUOT XIZMATIбесплатно модули и шаблоны для dle