26°









Bugun, 28-aprel kuni "Urganch xalqaro aeroporti" MCHJ ma'naviyat xonasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-sentabrdagi O‘RQ-410-sonli Mehnatni muhofaza qilish toʼgʼrisidagi qonunning ijrosini ta'minlash maqsadida aeroport rahbariyati va kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda yig'ilish bo'lib o'tdi.

Mazkur tadbirda Xorazm viloyati Bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspektsiyasi xodimi Oʼrinov Olimjon Sobirovich, Oʼzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi apparatining Xorazm viloyati boʼyicha mehnat-texnik inspektori Ishmetov Marat Saparmetovich, “Urganch xalqaro aeroporti” MCHJ Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi muhandisi Raximov Davlet Yuldashevich, aeroport kasaba uyushmasi raisi Sherzod Egamberdiyevlar so'zga chiqib, aeroport boʼlim va xizmatlarida muntazam Mehnat muhofazasi xolati, sanoat-sanitariyasi va xavfsiz ish standardlari talablariga mosligi ustidan nazorat olib borilayotgani haqida fikrlar bildirib o'tdi.

Soha mutahassislari bugungi kunda tizimda olib borilayotgan ishlar bilan va qonunchilikdagi yangilik va oʼzgarishlar haqida oʼz maʼruzalarida qisqacha toʼxtalib oʼtishdi.

Ma'lumot o'rnida: Mehnat muhofazasi - insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobilyatining saqlanishiga qaratilgan tadbirlar. Qonun hujjatlarida mehnat jarayonida qoʻllaniladigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika chora tadbirlari belgilab qoʻyiladi. Mehnat qiluvchi shaxs xavfsizligi, salomatligi, mehnat qilish qobiliyatini himoyalash, sogʻlom mehnat sharoitlari yaratish, kasb kasalliklari yuz berish xavfini oldini olish, ishlab chiqarishda jarohatlanishlarga yoʻl qoʻymaslik kabilar mehnat muhofazasi oldidagi vazifalar hisoblanadi.

Urganch xalqaro aeroporti matbuot xizmati

бесплатно модули и шаблоны для dle