27°




Bizning o'zbek xalqi - mehr-oqibatli xalq. Hamisha kimgadir yordamini ayamaydigan, mehrini, e'tiborini kam qilmaydigan xalqdir. Oddiygina qilib aytganda - kimgadir yordam qo'lini cho'zish, birovga ijobiy maslahat berish, yiqilmoqchi bo'lgan paytingda yoningdagi inson seni tutib qolishi ham - bir mehr bir saxovatdir. Biz matbuot xizmati har kuni aeroport yangiliklari haqida sizlarga xabarlar ulashib boramiz.

Lekin bugungi qo'yadigan maqolamizda aeroport xodimlarining o'z xizmat vazifasini sidqidildan bajarayotgani haqida so'z boradi.  Bugun, bahor faslining so'ngi kuni, Urganch xalqaro aeroporti har doimgidek yo'lovchilar va havo kemalari bilan gavjum. Aeroport perroniga chiqar ekanman, tashishlarni tashkil qilish xodimining nogironlar aravachasida bir mo'tabar onaxonni havo kemasi tomon olib ketayotganiga ko'zim tushdi. Maxsus trap yoniga kelishganida xodimlar soni 4-5 taga ko'payib, onaxonni aravachasi bilan havo kemasiga ko'tarib olib chiqishdi.  Havo harorati ayni damda +42 daraja issiqni ko'rsatmoqda. Ushbu xizmat burchini ham o'z poyoniga yetkazgan xodimlar, ketma-ketlik bilan trapdan pastga tushishdi, yana bitta xodim yugurib kelib ularga suv keltirdi. Xodimlar ham chanqog'ini qondirib "exxx yaxshi ish bo'ldi-da, bu oxirgi yo'lovchimiz edi, hammangizga rahmat" deb bir-biriga tashakkur izxor etishdi.

Shu yerning o'zida yuragimda aeroport xodimlariga nisbatan qandaydir bir faxr-iftixor tuy'gusi yanada jo'sh urdi, bilasizmi ko'proq nimaga sevindim, xalqimizda, ayniqsa Xorazmliklar orasida bir-biriga bo'lgan mehr-muhabbat, hurmat, e'tibor va oqibat deya ataluvchi, yurakdan his qilinuvchi tuyg'ular yanada alanga olganini ko'rib, Xorazmlik ekanimga yana bir bor shukrona aytdim.

Endi sizlarga savol qadrli obunchilar, aytingchi siz qachon oxirgi marta kimgadir mana shunday mehr-saxovat ko'rsatdingiz?

Urganch xalqaro aeroporti matbuot xizmatihttps://t.me/urganchairport
бесплатно модули и шаблоны для dle